Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Said Rustamov 12-oktyabr kuni Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi”.

Foto: “Dunyo” agentligi

Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Buyuk Britaniyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Said Rustamovga ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi ochiq, konstruktiv va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, elchi va Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili O‘zbekiston—Britaniya hamkorligining bugungi kun tartibi va uni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qilgan.

Said Rustamov 2019-yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga kirishgan edi. Bungacha u Isroildagi elchixonaga, Tashqi ishlar vazirligining qator bo‘limlariga rahbarlik qilgan, AQSHdagi elchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri yordamchisi bo‘lgan. Undan oldin esa Alisher Shayxov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida ishlagandi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Timoti Smart tayinlangandi. Tayinlovga qadar Timoti Smart Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy O‘rta Yer dengizi departamentini boshqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »