Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya Amerikaning USS Ronald Reygan aviatashuvchi kemasi Pusan ​​portiga kelgani munosabati bilan Koreya yarim orolida joylashgan AQSHning strategik nishonlariga zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda 13-oktyabr kuni Yonhap agentligi xabar berdi.

USS Ronald Reygan aviatashuvchi kemasi Pusan ​​portida
Foto: Yonhap
“Bizning zudlik bilan birinchi va eng kuchli zarbamiz Koreya yarim oroli hamda uning atrofidagi AQSH yirik bazalariga qaratiladi. AQSH o‘z sun’iy yo‘ldoshlari uchun “psixotrop agent” sifatida qo‘llayotgan “kengaytirilgan tiyib turish” imkoniyatlari haqida aytmasa ham bo‘ladi”, — deyiladi Pxenyanning Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

Harbiy kema Janubiy Koreyaga 12-oktyabr kuni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya ishtirokidagi uch tomonlama harbiy-dengiz mashqlaridan so‘ng yetib kelgan. Kema tashrifi Vashingtonning yarim oroldagi strategik aktivlarini yanada kuchli ko‘rsatish majburiyatining bir qismidir.

KXDR “AQSHning yirik strategik aktivlari o‘ta xavfli suv hududiga kirgani” haqida ogohlantirdi.

“AQSHning harbiy to‘qnashuv ehtimoli mavjud bo‘lgan Koreya yarim oroliga turli yadroviy strategik qurollarni muntazam yuborishi qaytarib bo‘lmas halokatga olib keladigan ochiq harbiy provokatsiyadir”, — deb ta’kidladi Pxenyan.

Shimoliy Koreya, shuningdek, o‘ziga qarshi yadroviy hujum yaqinlashmoqda deb hisoblagan taqdirda, yadroviy quroldan profilaktik tazrda foydalanishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »