Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya tarixida birinchi marta sud Qur’onni yoqib yuborgan shaxsga hukm chiqardi. Sudlanuvchi etnik adovat qo‘zg‘ashda aybdor deb topilib, shartli qamoq jazosi va jarimaga tortildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Foto: BBC

Shvetsiya markazidagi Linkoping okrug sudi 27 yoshli erkakni etnik guruhga qarshi tashviqotda aybdor deb topgan.

2020-yilning sentyabr oyida sudlanuvchi Linkoping sobori tashqarisida Qur’onni yoqib yuborayotgani aks etgan video olgan. Shundan so‘ng, erkak ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Bu Shvetsiyada Qur’onni yoqish bo‘yicha birinchi sud hukmi bo‘ldi. Ilgari mamlakat prokuraturasi bunday aksiyalarga qarshi ayblovlar qo‘ymagan va buni so‘z erkinligi sifatida baholagan.

2023-yilda Shvetsiya va Daniyada Qur’on bilan bog‘liq bir nechta ommaviy tadbirlar musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi va bir qancha musulmon davlatlarining diplomatik harakatlariga olib keldi. Shundan so‘ng, Daniya va Shvetsiya hukumatlari Qur’onni yoqishni taqiqlashga qaror qildi.

Qur’onning yoqib yuborilishiga oid holatlar

  • Yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgandi. Aksiyani ultrao‘ng va islomga qarshi “Qattiq kurs” partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan.
  • Aprel oyida Shvetsiya maʼmuriy sudi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qurʼon yoqib yuborilgan namoyishlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan. Sud o‘z qarorida yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi konstitutsiyaviy himoyalangan huquqlar ekanini keltirgan. 
  • Iyun oyida iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgan.
  • Iyul oyida Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’on va Iroq bayrog‘i yoqib yuborilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan. Shundan so‘ng yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. 
  • Namoyishchilarni tarqatish uchun Iroq politsiyasi suv purkagichlardan foydalangan. Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va yana muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.  Shundan so‘ng Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgan. Namoyishchilar buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida amalga oshirganini aytgan.
  • Avgust oyi boshida Stokgolmda eronlik ayol politsiya himoyasida Malaren ko‘li qirg‘og‘ida mangalda Qur’onni yoqib yuborgan. U “barcha dinlarni yo‘q qilish” kerakligini aytgan.
  • Avgust oyi o‘rtalarida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida politsiya himoyasi ostida yana muqaddas Qur’on kitobi yoqib yuborildi. Buning oldini olishga uringan erkak esa hibsga olindi. Namoyishga iroqlik muhojirlar boshchilik qilgan. Ular avval Qur’on nusxasini tepib, ustiga sakragan, keyin esa uni butunlay yoqib yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »