Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Hirot viloyatida sodir bo‘lgan zilzilalar va yer silkinishlaridan salkam bir hafta o‘tsa-da, Hirot shahri aholisi yana zilzila bo‘lishidan qo‘rqib, ochiq osmon ostida chodir qurib yashamoqda.

Mahalliy aholi vakili Barat Ali 5-6 kundan beri chodirda yashayotganini aytdi:

“Birinchi zilzila sodir bo‘lganidan keyin oxirgi besh-olti kundan beri shu yerda (yo‘lda) yashayapmiz, chunki uylarimiz yetarlicha mustahkam emas. Yana zilzilalar bo‘lishidan qo‘rqib, shu yerda qoldik”.

7 va 11-oktyabr kunlari g‘arbiy Hirotda sodir bo‘lgan qator zilzilalar butun boshli qishloqlarni vayron qildi.

70 yoshli Bibi Deba zilzilani shunday eslaydi:

“Mening yuragim kasal, zilziladan juda qo‘rqaman. Zilzila sodir bo‘lganida yerga yiqilib tushdim, oilam meni shu yerga sudrab kelishdi. Bu yerda to‘rtta oila birga yashaymiz. Men bevaman, nogiron o‘g‘lim bor. Bizning muammolarimiz ko‘p”.

“Tolibon” hukumati qurbonlar soni bo‘yicha bir-biriga zid raqamlarni e’lon qildi: Tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi 2 400 dan ortiq kishi halok bo‘lganini aytdi, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 000 kishidan ko‘proq odam o‘lganini tasdiqladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar yordam idorasi birgina tumanda qurbonlar 1 294 kishini tashkil etishini ma’lum qildi.

Yordam agentliklari zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag‘ so‘ramoqda: tabiiy ofat ortidan minglab odamlar uysiz qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »