Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sud va tergovlarda muxolifatchi Aleksey Navalniyning manfaatlarini himoya qilgan advokatlar ekstremizmga aloqadorlikda ayblanib, ikki oy muddatga hibsga olindi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Aleksey Lipser
Foto: “Kommersant”

Tergov qo‘mitasi Tergov bosh boshqarmasining versiyasiga ko‘ra, Aleksey Lipser, Igor Sergunin va Vadim Kobzev ikki yil davomida Navalniydan Rossiya hamda xorijdagi hamfikrlarining harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni, ularga bo‘lsa, ko‘rsatmalarni yetkazib turgan. Rossiya Advokatlar federal palatasi himoyachilarga nisbatan jinoiy ta’qibning asosliligi tekshirilishini ma’lum qildi.

Aleksey Navalniy yuzaga kelgan vaziyatni sovet davridagi “qonuniy vaziyat”ga qiyosladi.

Aleksey Navalniyning advokatlari tintuvdan o‘tkazilayotgani haqida 13-oktyabr tongida muxolifatchining sheriklari Vyacheslav Gimadi va Ivan Jdanov ma’lum qilgandi. Tergov harakatlari Igor Serguning va Aleksey Lipserning poytaxtdagi kvartiralarida o‘tkazilgan, shundan keyin u Tergov bosh boshqarmasi binosiga so‘roq uchun olib ketilgan. Advokat Vadim Kobzev esa Kovrov tumanida ushlangan. Shu kuni u Aleksey Navalniyni ikkita da’vo bo‘yicha sudda himoya qilish kerak edi.

Avgust boshida Moskva shahar sudi Vladimirdagi qattiq tartibli koloniyada o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosatchi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamagandi. Muxolifatchi unga qamoq muddati berilgach, “Stalin davridagi kabi” nola qilmaslikni tavsiya qilgandi. “Yaxshisi, o‘ylab ko‘ring, nega bunday katta muddat berilyapti? Buning asosiy maqsadi — qo‘rqitish. Meni emas, sizlarni”, — degan Navalniy sud hukmidan oldin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »