Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHda o‘tgan ikki yil ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda AQSH bojxona va chegarani himoya qilish xizmatining ichki maʼlumotlariga tayanib, Fox News xabar berdi.

Foto: AP Photo

Qayd etilishicha, 2021-yilning oktyabridan 2023-yilning oktyabriga qadar AQSHga Meksika orqali, o‘n minglab fuqarolar noqonuniy kirishga harakat qilgan bo‘lib, mamlakat hukumati ularni “alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar” toifasiga kiritgan. AQSH hukumatining fikricha, ushbu shaxslar terrorizm bilan aloqador yoki aloqasi bo‘lishi ehtimoli bor yo‘nalishlar orqali mamlakatga kirib kelgani sababli AQSH xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘riladi.

Ikki yil ichida AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarning eng ko‘p qismi Turkiya fuqarolaridir — 30 830 kishi. Shuningdek, quyidagi davlatlar fuqarolari ham bu boradagi yetakchi o‘rinlarda:

  • 15 594 nafar Mavritaniya fuqarolari;
  • 13 624 nafar O‘zbekiston fuqarolari;
  • 6386 nafar Afg‘oniston fuqarolari;
  • 3153 nafar Misr fuqarolari;
  • 1613 nafar Pokiston fuqarolari.

Ushbu raqamlarga mamlakat hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan va portlardan o‘tib ketganlar kiritilmagan. Manbalarga ko‘ra, Bayden boshqaruvi davrida AQSHga 1,5 milliondan ortiq “qochqin” kirishga muvaffaq bo‘lgan.

11-sentyabr kuni Samarqandda 14 ming dollar evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi. Iyun oyining o‘rtalarida Samarqandda ikki kishini AQSHga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangandi. May oyida esa shunday noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish uchun 30 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »