Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va G‘azo sektoridagi Falastinning HAMAS tashkiloti o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroga bir hafta to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida Isroilda 1,3 mingdan, G‘azo sektorida esa 1,9 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi. Tomonlar hamon o‘qqa tutishlarni davom ettirmoqda. “RBK” harbiy harakatlar qanday tus olgani tasvirlangan suratlarni e’lon qildi.

7-oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum boshlashini ma’lum qildi: G‘azo sektoridan uchirilgan raketalar Isroil janubidagi aholi punktlariga kelib tushdi. Bunga javoban Isroil armiyasi “Temir qilich” operatsiyasini boshlab G‘azo sektoriga zarbalar berishni boshladi. Butun hudud bo‘ylab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu armiya Falastin guruhlari joylashgan butun hududni “vayronaga aylantirishini” va’da qildi.

Isroil janubi-g‘arbidagi Ashkelon shahrida yonayotgan avtomobillar, 7-oktyabr

Foto: Reuters

Falastinliklar Isroil va G‘azo sektori chegarasidagi simli to‘siqlarni ekskavatorda buzib o‘tmoqda

Foto: Reuters

HAMAS jangchilari G‘azo sektoridan 5 kilometr uzoqlikdagi Beeri komunnasiga bostirib kirgan mototsikl va avtomobil

Foto: Reuters

Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbalar oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan qurbonlarni qidirish jarayoni, 9-oktyabr

Foto: Reuters

G‘azo shahri Isroil hujumlaridan keyin, 11-oktyabr

Foto: Reuters

G‘azo sektoridagi turar joy binolarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari, 10-oktyabr

Foto: Reuters

Xavfsizlik kuchlari xodimlari Nature Part musiqiy festivali o‘tkazilgan joyda hujjat va shaxsiy buyumlarni qidirmoqda

Foto: Reuters

G‘azo shahri tomonidan Isroil tomon uchirilgan raketalar, 7-oktyabr

Foto: Reuters

Livan janubida halok bo‘lgan falastinliklar xotirasiga o‘tkazilgan birdamlik mitingi, 8-oktyabr

Foto: Reuters

Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi G‘azodan uchirilgan raketalarni tutib qolmoqda, 9-oktyabr

Foto: Reuters

Falastinliklar Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar oqibatida qurbon bo‘lgan aholi jasadlari yonida, 12-oktyabr

Foto: Reuters

Tel-Aviv shifoxonasida isroilliklar qon topshirmoqda, 7-oktyabr

Foto: Reuters

Parijda Falastinni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan mitingda namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi, 12-oktyabr

Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »