Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Marokashga o‘tkazilgan yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishga oid bitimni imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jahon banki

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar “O‘zbekiston energetika sektorini transformatsiya qilish uchun innovatsion uglerodli moliyalashtirish” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Loyiha toza energiya ishlab chiqarishga, energiya samaradorligini oshirishga va energiya subsidiyalarini isloh qilishda ko‘mak beradi.

Jahon bankining Uglerod aktivlarini transformatsiya qilish jamg‘armasi (TCAF) tomonidan moliyalashtirilgan iCRAFT loyihasi bankning energetika sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi global tashabbusi bo‘lib, maʼlum bir sohadagi aniq natijalar uchun to‘lovlar orqali issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishni rag‘batlantiradi. Loyiha O‘zbekistonga iqlim o‘zgarishi sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda va energiya resurslaridan samarali foydalanishda yordam beradi.

“Prognozlarga ko‘ra, uni amalga oshirish davrida biz karbonat angidrid emissiyasini qariyb 60 million tonnaga kamaytira olamiz. Ushbu 60 million tonnadan loyiha doirasida mamlakatdan 2−2,5 million tonna karbonat angidrid sotib olinadi. O‘zbekiston qolgan uglerod birliklarini loyiha davomida yaratilgan va sinovdan o‘tgan tizimlar, infratuzilma va mexanizmlardan foydalangan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo‘ladi”, — deydi O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari va Jahon banki guruhi menejeri Jamshid Qo‘chqorov.

Loyiha doirasida taqdim etilgan mablag‘larning bir qismi aholining kam taʼminlangan xonadonlarni tariflarning ko‘tarilishidan himoya qilish uchun sarflanadi. Jumladan, loyiha “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha davlat dasturini va energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »