Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” kelasi hafta Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” forumida ishtirok etadi. Bu haqda “Tolibon” hukumati matbuot kotibi ma’lum qildi. U Pekin bilan rasmiy aloqalari kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Hech bir davlat tomonidan rasmiy tan olinmagan “Tolibon” rasmiylari va vazirlari, asosan, Afg‘onistonga bag‘ishlangan mintaqaviy yig‘ilishlarda ishtirok etib kelayotgandi. “Bir kamar, bir yo‘l” forumi toliblar taklif qilingan eng nufuzli ko‘p tomonlama sammitlardan biridir.

17—18-oktyabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan forum Xitoy raisi Si Szinpinning global savdoni rivojlantirish uchun qadimgi Ipak yo‘lini qayta tiklash sifatida eʼtirof etilgan ulkan global infratuzilma va energetika tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlanadi.

“Tolibon” savdo va sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Hoji Nuruddin Aziziy yaqin kunlarda Pekinga boradi, dedi vazirlik matbuot kotibi Oxundzoda Abdul Salam Javad Reuters agentligiga.

U Afg‘onistonga yirik investorlarni taklif qilishi kutilmoqda.

May oyida Xitoy, “Tolibon” va qo‘shni Pokiston rasmiylari “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasiga Afg‘onistonni ham kiritish istagi borligini aytishgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »