Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 17—18-oktyabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi kutilmoqda.

Xo‘sh, Xitoy ilgari surayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasiga qaysi davlat kiradi. Loyiha O‘zbekistonga qanchalik manfaatli? Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul ushbu savolga javob berdi.

“Pekinda bo‘lib o‘tadigan forum Xitoy raisi Si Szinpinning global savdoni rivojlantirish uchun qadimgi Ipak yo‘lini qayta tiklash sifatida eʼtirof etilgan ulkan global infratuzilma va energetika tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlanadi.

Xitoyning ilgari surayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi 2 ta yo‘nalishdan iborat. Birinchisi, quruqlik orqali. Ikkinchisi esa okean orqali. Okean yo‘li bizga unchalik qiziq emas. Bu loyiha aslida 2006-yilda tuzilgan. Bu yo‘nalishda Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan o‘tuvchi yo‘llar nazarda tutilgan. Hozir bu yo‘nalishga Afg‘oniston ham qo‘shilmoqda. Bu loyiha har bir ishtirok etuvchi davlatga katta foyda keltiradi”.

Iqtisodiy tahlilchining fikriga ko‘ra, Xitoy o‘zining ayrim korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin.

“O‘zbekiston bu loyihada qatnashish orqali tranzit tovarlarini tashish uchun haq oladi. Agar Xitoydan kelayotgan mahsulotlar O‘zbekistonda qolsa, bundan ham davlat bojlari olinadi. Shuningdek, Xitoy bu yerda o‘z tovarlarini sotish uchun infrastrukturani shakllantiradi. Bundan tashqari, Xitoy ayrim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarini yo‘l bo‘yidagi davlatlar(O‘zbekiston va Qozog‘iston)ga ko‘chirishni reja qilgan. Chunki mahsulotning tan narxi qimmatga tushib ketadi. Agar Xitoy kompaniyalarni ko‘chirsa, Yevropaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tan narxi arzonlashadi. Masalan, Xitoy O‘zbekiston paxtasini shu yerni o‘zida qayta ishlab, tayyor mahsulot ko‘rinishiga keltirib, shu yerni o‘zidan Yevropaga sotishi mumkin. Mana shu maʼnoda O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar qurilishi mumkin. Bu korxonalar O‘zbekistonga soliq to‘laydi. Korxonalarni ko‘paygani bo‘sh ish o‘rinlarini yuzaga keltiradi. Bu har ikki tomon uchun juda manfaatli.

Men har doim O‘zbekiston va Xitoy aloqalarini tushuntirishda Meksika va AQSH munosabatini misol qilib aytaman. Chunki XX asrning 70-80 yillarida Meksika YAIM bo‘yicha top-100 kira olmas edi. Hozir Meksika 13 o‘ringa ko‘tarilgan. Bu bejiz sodir bo‘lmadi. Bugun AQSHdagi eng yirik avtomobil korxonalarining aksari Meksikaga ko‘chib o‘tgan. Xitoy ham o‘z avtomobil sanoatini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin. Chunki O‘zbekistonda Xitoyga nisbatan arzon ishchi kuchi mavjud. Yaʼni O‘zbekiston Meksika tajribasini takrorlashi mumkin”.

  • “Tolibon” ham Pekinda bo‘lib o‘tayotgan sammitda ishtirok etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »