Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Fox News telekanaliga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar Isroil-Falastin mojarosiga aralashish niyatida emasligini aytdi.

Biroq u asirga olingan amerikaliklarni ozod qilish uchun AQSh qurolli kuchlaridan foydalanish mumkinligini inkor etmadi.

"Garovda ushlab turilgan fuqarolarimizni vataniga olib kelish haqida gap ketganda, men hech narsani istisno etmayman", — dedi Jon Kirbi.
Foto: Reuters

Kirbining ta'kidlashicha, AQSH prezidenti Jon Bayden uchun Amerika fuqarolarining xavfsizligi masalasi "eng muhimi". "Prezident uchun xorijda garovga olingan amerikaliklarning xavfsizligidan muhimroq narsa yo'q", — deya qo'shimcha qildi u.

Shu bilan birga, Kirbi Qo'shma Shtatlar garovga olinganlarni qaytarish bo'yicha sa'y-harakatlarni jamoatchilik muhokamasida "ehtiyotkorlik bilan" olib borish kerakligini ta'kidladi. Koordinatorning ta'kidlashicha, hozirda AQSHda ularning soni haqida aniq ma'lumot yo'q. 

"Biz faol ravishda ular qayerdaligini aniqlashga harakat qilmoqdamiz, lekin ularning soni qanchaligini ham bilmaymiz", - deya ta'kidladi Kirbi.

AQSH Davlat departamenti shanba kuni Isroil-Falastin mojarosida halok bo‘lgan amerikaliklar soni 27 nafarga yetganini ma’lum qildi. BMTning Isroil manbalariga tayanib xabar berishicha, mahbuslarning umumiy soni 50 dan 100 kishigacha bo'lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »