Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden kelasi hafta Kongress bilan Ukraina va Isroilga qurol yetkazib berish uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

“So‘ralgan miqdor bundan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. U mudofaa uchun zarur bo'lgan harbiy texnikani o'z ichiga oladi”, — dedi Jeyk Sallivan.

Foto: Google Images

 

11-oktyabr kuni AQSHning HAMASga qarshi kurashga mo‘ljallangan birinchi samolyoti Isroilga yetib kelgandi.

Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina va Isroilga harbiy yordam bera olishini ma’lum qilgan. Oq uy Ukrainaga beriladigan yordamni Isroilga shoshilinch yordam paketi bilan birlashtirishni taklif qildi.

NBC manbalariga ko‘ra, respublikachilar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan. Ayni paytda, CNN xabar berishicha, Pentagon Ukraina va Isroil uchun o‘q-dorilar yetishmasligidan xavotirda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »