Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘qituvchi va murabbiylarga beriladigan 490 ming so‘m mukofot pulini direktorning o‘zi ham olishga haqli. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bu bo‘yicha qarorga tushuntirish berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlar faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Ushbu qoidaga ko‘ra, direktorning o‘zi ham mazkur moddiy rag‘batlantirishni olishga haqli.

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi umumtaʼlim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »