Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSh va Isroil Mudofaa vazirligi rahbarlari Lloyd Ostin va Yoav Galant telefon orqali Falastinning HAMAS harakati bilan kechayotgan urushni muhokama qildi. Pentagon rahbari o‘z hamkasbiga urush qonuniga rioya qilish muhimligini taʼkidladi.

Foto: Reuters

“Qo‘ng‘iroq chog‘ida u urush qonuniga rioya qilish muhimligini, jumladan, tinch aholini himoya qilish majburiyatlarini, shuningdek, Isroil xavfsizlikni tiklash bo‘yicha operatsiyalarini davom ettirayotgan G‘azoda gumanitar inqirozning kuchayishini muhokama qildi”, — deyiladi Pentagon bayonotida.

Ostin AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, HAMAS jangchilari tomonidan garovga olinganlarni ham muhokama qilgan. Pentagon rahbari AQSHning Isroilga havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni yetkazib berish borasidagi sa’y-harakatlari haqida gapirgan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri AQSH Sharqiy O‘rta Yer dengiziga ikkita samolyot tashuvchi hujum guruhini yubordi. OAV xabarlariga ko‘ra, Eron agar Isroil G‘azo sektorida quruqlikda operatsiya o‘tkazsa, Tehron vaziyatga aralashishi haqida ogohlantirgan.

 Isroilning zarbalari ortidan G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yomonlashdi. Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi va uning shimoliy qismidan qisqa vaqt ichida 1 milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishni talab qildi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »