Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari manfaatini himoya qilayotgan advokat sudlanuvchiga sud tibbiy ekspertizasi tayinlanishini so‘radi. Sud mazkur iltimosnomani qanoatlantirdi.

Foto: “Daryo”

Advokat M.Madaminov himoyasi ostidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari A.A.ning sog‘lig‘i sudlanuvchining yaqinlarini tashvishga solayotgani sabab shunday iltimosnoma bilan chiqayotganini aytdi. 

Foto: “Daryo”
Himoyamiz ostidagi sudlanuvchida 2015-yilda tug‘ma suyak kasalligi aniqlangan bo‘lib, shundan buyon u mutaxassis ko‘rigidan o‘tib, muolaja olib kelmoqda. So‘nggi marta 2022-yil 26-iyulda uning bosh miya sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Kasalligi bo‘yicha nevrolog, terapevt, ortoped va neyroxirurg nazoratida turishi kerak, — deydi sudga bu haqda iltimosnoma kiritgan advokat. 

Advokatning bildirishicha, sudlanuvchida bir yilda bir marta bosh miya suyagi MSK va MRT tekshiruvi o‘tkazilishi hamda uning bir yilda ikki marta davolanishi lozimligi belgilangan. 

Foto: “Daryo”

Sudlanuvchining advokati 2023-yil 25-avgust kunidagi sud majlisida sudlanuvchining tobi qochib, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilganini eslatib, sudlanuvchining sog‘lig‘ida muammolar borligini, bu holatda shifokorlar tayinlanib sud tibbiyot ekspertizasi o‘tkazish lozimligini aytmoqda. 

Sudlanuvchi A.A.ning sog‘lig‘i uning yaqinlarini jiddiy xavotirga solyapti. Shu sabab kasallik qanday etapda, shifokor nazorati kerakmi, davolanmasa qanday natijalarga olib kelishi mumkin va ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida davolash imkoni bormi, degan savollarga javob topilishi kerak, — deydi advokat.
Foto: “Daryo”

Advokat sudlanuvchiga nisbatan qo‘yilgan tashxis — fibroz displaziya kasalligi sudlanuvchida mavjud yoki mavjud emasligiga ham aniqlik kiritish kerak demoqda.

Sud mazkur iltimosnomani qanoatlantirib, sudlanuvchining sog‘lig‘ini nazoratdan o‘tkazish uchun 19-oktyabr kuni imkoniyat berilishi va belgilangan tartibda shifokorlar ajratilishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »