Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 16-oktyabr kuni Olmazor tumanining ayrim joylarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, isitish magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy taʼmirlash ishlarini olib borish sababli bugun, 16-oktyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Olmazor tumani — Qora Qamish 2/3, 2/4 dahalari, O‘razboyeva, Yunusova, Yolqin ko‘chalari.

Issiq suv taʼminoti favqulodda taʼmirlash ishlari tugashi bilanoq (soat 21:00 gacha) tiklanadi.

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari yo‘l qatnovining maʼlum qismi yopilgan holda o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Mirobod tumanining ayrim ko‘chalarida issiq suv taʼminoti bir necha kun davomida bo‘lmasligi aytilgan edi. Bunga Nukus—Oybek ko‘chasi kesishmasida joylashgan issiq suv quvurlarida 7-oktyabr kuni avariya holati yuz bergani sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »