Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Bo‘ranboyev o‘z ixtiyori bilan qiymati 1,4 milliard tengedan (taxminan 3 million dollar) ortiq bo‘lgan Comfort Hotel Astana mehmonxona majmuasini davlatga topshirdi. Bu haqda Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sentyabr oyida Qayrat Bo‘ranboyev 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi
Foto: Avesta

Maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan mehmonxona Qozog‘iston poytaxti markazida joylashgan bo‘lib, uning yillik aylanmasi deyarli 900 million tengeni (1,9 million dollar) tashkil etadi.

“Ushbu inshootdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ijtimoiy maqsadlarda foydalanish, dam olish, sog‘lomlashtirish va ta’lim markazlari tashkil etish rejalashtirilgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Aktivlarni qaytarish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Qayrat Bo‘ranbayev Qozog‘istonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatorida turardi. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan — 2020-yil avgust oyida Oysulton vafot etdi. Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati 2022-yil 17-mart kuni Bo‘ranbayev hibsga olingani haqida ma’lum qildi. Tadbirkor katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan.

Joriy yilning mart oyida Ostona shahrining 2-Sariarkin tumani sudi Bo‘ranbayev va yana ikki kishini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ularning barchasi gazni milliy kompaniyaga qayta sotish vaqtida 14,5 milliard tenge o‘marishda aybdor deb topildi.

Yozda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati gaz narxi ko‘rsatilgan hujjatning asl nusxasi bo‘lmagani uchun Bo‘ranbayev va boshqa ayblanuvchilarga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi.

Sentyabr oyida Moliyaviy monitoring agentligi Bo‘ranbayev ixtiyoriy ravishda 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq mol-mulkni davlatga qaytarib bergani haqida xabar berdi.

Ular orasida neft koni, gaz taqsimlash korxonasi, xizmat ko‘rsatish korxonasi, mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmualari, fitnes markazlari tarmog‘i, ofis binolari va boshqalar bor edi. Buni hisobga olib, sentyabr o‘rtalarida sud Bo‘ranboyevga 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »