Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishishda Falastin uchun kafil davlat rolini o‘ynashga tayyor. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Xoqon Fidan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Star nashri.

Foto: Reuters
“Boshqa davlatlar ham Isroil uchun kafil bo‘lishi kerak. Ikkala tomon tegishli tinchlik kelishuviga erishgach, kafil davlatlar kelishuv talablarining bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi zarur”, — dedi vazir.

Fidanning so‘zlariga ko‘ra, “uzoq muddatli tinchlik”ka erishishning yagona yo‘li shu. Aks holda, agar kafolatlar bo‘lmasa, Isroil va mintaqa aholisi “hech qachon o‘zini xavfsiz his qilmaydi”, oqibatda “boshqalardan xavfsirab, ularni ta’qib qilishda” davom etadi.

“Ushbu doirada uzluksiz aylanish davom etadi”, — deb xulosa qildi turkiyalik vazir.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni mustaqil Falastin davlatini yaratish yo‘li bilan hal qilish kerakligini aytgandi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi ham shunga o‘xshash pozitsiyani bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »