Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi Odiljon Ataullayev mahallalarda faoliyat yurituvchi 6 nafar yordamchisini jazoladi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik axborot xizmati rahbari Rayhon Murodova xabar berdi. 

Odiljon Ataullayev.
Foto: Yangiyo‘l tumani hokimligi 

Hokim yordamchilarining jazolanishiga, ularning 2023-yilning uchinchi choragi yakunida KPI (eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari) bo‘yicha tumanda past ko‘rsatkichni qayd etgani sabab bo‘lgan. 

Hokim yordamchilarining jazolanishiga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlamaganligini hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 16-oktyabr kunidagi bildirgisi sabab bo‘lgan, — deydi hokimlik mas’uli. 
Foto: Yangiyo‘l tumani hokimligi 

Xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmagan hamda ish faoliyatiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan yondashgan “G‘alaba” mahallasidagi hokim yordamchisi Ahror Rustamov, “Epkendi”dagi Qurbonali O‘razov, “Bunyodkor”dagi Baxtiyor Ne’matov, “Yangiyo‘l” mahallasidagi Baxtiyor Rahimberdiyev, “Vatan” mahallasidagi Sherali G‘apporov hamda “Xalqobod”dagi Ravshan Rixsiboyevlar o‘rtacha oylik ish haqining 30 foiz miqdorida jarimaga tortilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »