Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ynet axborot portali xabariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumdan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlari tufayli Misr va Marokashdagi elchilarini evakuatsiya qildi. Isroilning boshqa mamlakatlaridagi elchixonalarida yuqori darajadagi ogohlik e’lon qilindi.

Foto: Google Images

Isroil Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni ular uchun xavfli bo‘lgan mamlakatlardan evakuatsiya qilishini aytdi. Vazirlik, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning barcha xodimlaridan ehtiyot bo‘lishni va zarurat bo‘lmasa, elchixona binolarini tark etmaslikni so‘radi.

Kecha, 17-oktyabr kuni G‘azo sektoridagi Al-Ahli baptistlar kasalxonasiga zarba berildi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum natijasida 471 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi, o‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. HAMAS bu hujumda Isroilni aybladi. Isroil esa o‘zining aybsizligini ta’kidlab, zarba “Falastin islomiy jihod” guruhining muvaffaqiyatsiz raketa uchirishi natijasi yuzaga kelganini aytdi.

Bo‘lib o‘tgan voqealar fonida Iordaniya, Livan, Tunis, Marokash, Iroq, Eron, Liviya kabi ko‘plab mamlakatlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »