Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.

Foto: “Daryo”/ Munojot Adilova

Prezidentning 2023-yil 24-maydagi farmonida elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish belgilangandi.

Shunga ko‘ra, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilishning oldini olish hamda ulardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan Uzenergo mobil ilovasi 1-noyabrgacha ishlab chiqiladi.

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va ularga murojaati natijalari yuzasidan ma’lumotlar yuboriladi.

Jismoniy shaxslarning videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • “O‘zenergoinspeksiya” hisobvarag‘iga — undirilgan summaning 50 foizi;
  • Tegishliligi bo‘yicha elektr va issiqlik energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti korxonalari hisobvaraqlariga — undirilgan summaning 50 foizi.

Shuningdek, 2023-yil 1-dekabrgacha huquqbuzarlik holatlari, shu jumladan, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan iste’molchilarning yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Bunda mazkur reyestr Energetika vazirligi tomonidan yuritiladi hamda unga kiritilgan ma’lumotlardan manfaatdor vazirliklar va idoralar xavflarni baholash mezoni sifatida foydalanadi.

2023-yil dekabrgacha “O‘zenergoinspeksiya”ning mas’ul xodimlari texnik vositalar, zarur uskunalar (planshet va boshqalar) bilan ta’minlanib, Uzenergo mobil ilovasining to‘liq ishlashi uchun server uskunalari xarid qilinadi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Energetika vazirligi va “O‘zenergoinspeksiya”ning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »