Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston HAMASning Isroildagi tinch aholiga qilgan hujumlarini qoraladi. Shu bilan birga, respublika Tashqi ishlar vazirligi Isroilni G‘azo sektoridagi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib keladigan nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi. Vazirlik matbuot xizmati 17-oktyabr kuni tegishli bayonotni e’lon qildi.

Foto: Qozog‘iston TIV
“Qozog‘iston HAMASning Isroil tinch fuqarolariga hujumlarini va asirlarni, shu jumladan xorijliklarni garovga olishini qoralaydi. Biz BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning garovga olinganlarni hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilish va gumanitar yordamdan to‘siqsiz foydalanishni ta’minlash haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik bayonoti so‘ngida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH sammitidagi so‘zlaridan iqtibos keltiriladi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qozog‘iston prezidenti o‘nlab yillar davomida hal etilmagan muammolarni yechishda terrorchilik harakatlariga o‘tishni qoralagandi. “Buni hech qanday tarzda oqlab bo‘lmaydi”, — degan u.

“Qozog‘iston, shuningdek, Isroilni G‘azo sektorida ko‘plab tinch aholi qurbonlari va fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘lishiga olib keladigan nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqiradi. Bunday vaziyatda xalqaro huquq normalariga rioya qilish, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarini ta’minlovchi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga rioya qilish nihoyatda muhim. Zo‘ravonlik boshqa zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi va muqarrar ravishda Yaqin Sharq va butun dunyo uchun fojiali oqibatlarga olib keladi”, — deb ta’kidladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.

Qozog‘iston G‘azo sektori aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha belgilangan muddatni bekor qilishni hamda tinch aholini to‘liq himoya qilishni talab qilayotgan xalqaro hamjamiyat bilan birdamligini izhor etgan.

“Shu munosabat bilan Qozog‘iston tomonlarni harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatishni taʼminlashga va “ikki xalq uchun ikki davlat” formulasi asosida mintaqaning barcha aholisi uchun tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka erishish yo‘lidagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi”, — deya qo‘shimcha qildi TIV.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »