Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” G‘azodagi shifoxonaning portlatilishini qoraladi va buni insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi. Bu haqda “Tolibon” hukumati bayonotida aytiladi.

Foto: Tasnim
“Afg‘oniston Islom Amirligi butun dunyo xalqi va hukumatlari, inson huquqlari tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom Hamkorlik Tashkilotidan Isroil terrorining tez orada takrorlanishining oldini olishni so‘raydi”, — deyiladi bayonotda.

Toliblarning qo‘shimcha qilishicha, “bunday dahshat va vahshiylikka chek qo‘yilmasa, mintaqadagi vaziyat yanada og‘irlashib, nazoratdan chiqib ketishi mumkin”. Bu esa butun mintaqa va dunyo davlatlariga zarar yetkazuvchi reaksiyalarga yo‘l ochadi.

G‘azo shahridagi Al-Ahli baptistlar kasalxonasiga 17-oktyabr oqshomida Isroil tomonidan berilgan aviazarba oqibatida yuzlab falastinliklar halok bo‘ldi yoki yaralandi. Kasalxonadagi cherkov Isroil hujumlari sabab uylarini tark etgan falastinliklarga boshpana bergandi.

Al-Ahli kasalxonasiga uyushtirilgan hujum Turkiya, Arab Ligasi davlatlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa Ittifoqi vakili Sharl Mishel tomonidan qoralandi. Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum munosabati bilan 18-oktyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »