Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Misr G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berish uchun chegaradagi Rafiah punktini ochadi. Bu borada Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va AQSH prezidenti Jo Bayden kelishib oldi, deb xabar bermoqda CNN.

Foto: Reuters

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, boshlanishiga Misr 20 ta yuk mashinasini o‘tkazishga rozi bo‘lgan. BMTning G‘azodagi vakillari ularni kutib oladi va yordam taqsimotida ishtirok etadi. Agar HAMAS ta’minotga xalaqit bermasa, masalan, yukni musodara qilishga urinmasa, shundagina Misrdan muntazam insonparvarlik yordami kelishni boshlaydi, dedi AQSH prezidenti.

Bayden birinchi yukni yetkazib berish juma kunidan oldin amalga oshirilmasligini qo‘shimcha qildi.

“Ular yo‘lni yamaydi. Yuk mashinalar o‘tishi uchun yo‘ldagi ilma-teshiklarni to‘ldirish kerak. Buning uchun sakkiz soat vaqt ketishi taxmin qilinmoqda”, — dedi Bayden.

Erishilgan kelishuv haqidagi ma’lumotni Misr prezidentining matbuot kotibi Ahmad Fahmi ham tasdiqladi. U yukni yetkazib berish qachon boshlanishiga aniqlik kiritmadi. Avvalroq Shimoliy Sinaydagi Qizil yarim oy tashkiloti rahbari Xolid Zayid Rafiah nazorat punktida Misr tomonida uch ming tonna gumanitar yordam bo‘lgan 200 dan ortiq yuk mashinasi kutib turganini ma’lum qilgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Isroil Misrdan oziq-ovqat, suv yoki dori-darmon yetkazib berishga aralashmasligini aytgan, biroq insonparvarlik yordami G‘azo sektorining janubiga olib borilishi va HAMAS qo‘liga tushmasligi sharti bilan, deb yozadi The Times of Israel.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »