Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvaning Nekrasovka tumanidagi “Rudnevo” sanoat parki hududida zavod qurilishi yakunlandi, shahar hokimiyati uni “Almaz-Antey” mudofaa korxonasiga topshirdi. Yaqin orada konsern zavodda havo hujumidan mudofaa raketalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

Foto: InfoResist

Moskva hukumati matbuot xizmati zavodning ochilishida Moskva meri Sergey Sobyanin, mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda savdo-sanoat vaziri Denis Manturov ishtirok etganini taʼkidladi. Moskva hukumati veb-saytida aytilganidek, zavod “rekord” muddatda — sakkiz yarim oy ichida qurilgan.

“Almaz-Antey” bosh direktori Yan Novikovning so‘zlariga ko‘ra, konsern raketa ishlab chiqarishni 2024-yilning oktyabrigacha yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

“Bugun biz estafetani qabul qilamiz. Oldimizda xuddi shunday ajoyib vazifa turibdi: eng qisqa vaqt ichida uskunani o‘rnatish, odamlarni o‘qitish va nazorat partiyasini chiqarish”, — dedi Novikov.

Moskva hukumati matbuot xizmati konsern tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish shu zavod hududida amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, “Vajniye istorii” nashrining ta’kidlashicha, raketa ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan “Rudnevo” sanoat parki aholi turar joy binolariga yaqin joylashgan (Yandeks xaritalariga ko‘ra, eng yaqin uy 500 metrdan kamroq masofada).

Zavod qurilishi 2020-yilda boshlangan, 2022-yil avgust oyida Sobyanin sanoat parkining yaratilishi ish o‘rinlari yetishmasligi muammosini hal qilishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »