Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Sejin G&E Co., Ltd kompaniyasi (Janubiy Koreya) ishtirokida Toshkent viloyatining “Ohangaron” va “Maydontol” (Parkent tumani) qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) quvvati 16 MVt bo‘lgan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Sejin Uz MCHJ korxonasi tashkil etildi. Qarorga asosan, loyiha 2023—2026-yillarda amalga oshiriladi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi esa uni amalga oshirish uchun masʼul etib belgilandi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklariga 2024-yil 1-yanvarga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 59 gektar yer maydonida joylashgan “Ohangaron” maishiy chiqindilar poligoniga tutash hududda yangi maishiy chiqindi poligonini qurish va ishga tushirish ishlari yakunlanishini taʼminlash topshirildi.

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga bir oy muddatda chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan havo elektr uzatish liniyasi uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari bepul ajratib beriladi. Bundan tashqari, 2024-yil 1-martga qadar “Ohangaron” qattiq maishiy chiqindi poligoni operativ boshqarish huquqi asosida bepul o‘tkazib beriladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 2045-yilgacha Sejin G&E So. Ltd kompaniyasiga:

  • poligonlar hamda ulardagi mavjud infratuzilma obyektlari, bino va inshootlar investitsiya loyihasi doirasida chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tekin foydalanishga;
  • muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun ajratilgan yer maydonlari ijaraga beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 17-oktyabrdan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Ohangaronda yil oxirigacha Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 15 million dollarlik chiqindi poligoni qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »