Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarni AQSHga yuborishini aytib firibgarlik qilgan ikki kishi ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida 10 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3 200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 ming dollar evaziga tanishlari yordamida AQSHga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 3 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »