Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 19-oktyabr kuni delegatsiya vakillari mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamrohligida “Buxoro” poligoniga bordi. Poligonda harbiy delegatsiyani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishga qaratilgan rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarilganligini qayd etdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy taʼlim va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham fikr almashdi. Hamkorlikni davom ettirish borasida takliflar bildirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv so‘ngida esa tomonlar o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »