Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polshada o‘z missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev mamlakatning Eurogospodarka nashriga intervyu berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Bahrom Boboyev 2019-yildan buyon O‘zbekistonning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Diplomat suhbat davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatoriga savdo, investitsiya va moliyaviy hamkorlik, yuqori texnologiyalar transferi, fan, texnologiya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorliklar kirishini qayd etgan.

“Polsha O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Logistika imkoniyatlari cheklangani bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga qaramay, 2022-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi birinchi marta 352 million dollarga yetdi, jumladan, O‘zbekistondan Polshaga eksport hajmining o‘sishi hisobiga bu ko‘rsatkich 131,1 million dollarni tashkil etdi. Polsha ikki yildan buyon O‘zbekistondan mahsulot import qilish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda”, — deydi Boboyev.

Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida Polshaning Adamed Group (sog‘liqni saqlash), Codepharm (farmatsevtika), Dressta Liugong (og‘ir qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi), Lenartt (transport/logistika), LUG Light Factory (energetika), Allians Capital (qurilish kimyosi) kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Yaqin kelajakda Transforwarding International (transport/logistika), Pronar (qishloq xo‘jaligi mashinasozligi), Seneka Poland (baliqchilik), KGHM (mis ishlab chiqarish va qayta ishlash) kompaniyalari o‘z kapitalini mamlakatga kiritish niyatida.

Qayd etilishicha, 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida 9 mingdan ortiq Polsha fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Uzbekistan Airways va LOT Polish Airlines aviakompaniaylari 2023-yil 23-fevraldan Varshava—Toshkent—Varshava yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »