Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident tomonidan “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Hayot Shamsutdinov

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan yangidan boshlanadigan yo‘l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yuqori tezlikda harakatlanishga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda kelgusida ushbu yo‘llarga muqobil yo‘llar mavjud bo‘lganda, “pullik yo‘llar” toifasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xususan, 2025-yilda Toshkent—Andijon, Toshkent—Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha pulli yo‘llarni va “Taxtaqoracha” dovonida pulli tunnelni qurish rejalashtirilgan.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 16-oktyabrdan kuchga kirdi.

O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi

2022-yil oktabrda Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkazilishi aytilgan edi. Avgust oyida transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdugafarov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyiha koordinatorlari pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasini muhokama qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »