Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda tunda yuqori bosimda gaz kelishi haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, tabiiy gazga ulangan xonadon egalari xushyor bo‘lishi aytilgan.

Foto: “Daryo”

Mazkur xabarlar yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.

“Bu feyk xabar. O‘tgan yilgi tarqalgan audioyozuv asosida shunday xabarlar tarqalgan”, — deyiladi jamiyat axborotida.

Avvalroq oktabr oyi boshida Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish jarayoniga start berilgan edi. O‘zbekiston har yili Rossiyadan 2,8 milliard metr3 gaz sotib olishini ma‘lum qilingandi.

Gaz va tok narxi oshgan

Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi o‘zgarishsiz — 295 so‘m qoladi.

I va II guruh isteʼmolchilari — Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq KMK, O‘zbekiston metallurgiya kombinati va ularning tarkibiy korxonalari, budjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 450 so‘mdan 1000 so‘mga (2,2 marta) oshadi, boshqa yuridik shaxslar (kompaniyalar) uchun esa — 450 so‘mdan 900 so‘mgacha (2 baravar).

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun tarif ham o‘zgarishsiz qoldi — 147,5 so‘m etib belgilandi.

Aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri narxi ham o‘zgarmaydi — 380 so‘m.

Gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan gazning bir kubometri 660 so‘m (o‘zgarishsiz qoladi), isitish uchun — 380 so‘m (o‘zgarishsiz qoladi) bo‘ladi.

Navoiy KMK, Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlari uchun bir kubometr gaz narxi 660 so‘mdan 1800 so‘mgacha (2,7 baravar) oshiriladi. Boshqa yuridik shaxslar uchun esa narx 660 so‘mdan 1500 so‘mgacha (2,3 baravar) oshadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »