Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi va uning mashmashalari bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan sudda yana bir poraxo‘rlik haqida so‘z bordi. Sudning 20-oktyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘roq qilingan guvohlardan biri o‘zbekistonlik yana bir mansabdor Hindistonda ishlab chiqarilgan 3 ta dorini tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat to‘lovidan tashqari 45 ming dollar talab qilganini ma’lum qildi. Bu haqda sudda ishtirok etayotgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Guvohga ko‘ra, u pulni “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga ikkiga bo‘lib — bir marta 20 ming, yana bir marta 25 ming dollar bergan. Va evaziga dorilar uchun guvohnomalar olgan. Ammo guvohnomalardagi kamchiliklar sabab O‘zbekistonga dorilar kiritilishiga erishmagan.

Ushbu pullarni olgani aytilgan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. guvoh yolg‘on gapirayotganini, unga tuhmat qilayotganini aytdi va pullarni olganini rad qildi. 

“Dok-1 Maks” sudining avvalgi majlislarida aynan shu sirop ishlab chiqaruvchisi “Kuraraks” dori vositasini O‘zbekistonga olib kirish uchun 33 ming dollar pora bergani bildirilgandi. Sudda so‘roq qilingan Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. advokatlarning savoliga javob berar ekan, Marion Biotech PVT. Ltd korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishini to‘xtatish uchun J.E. ismli mas’ulga 33 ming dollar berganini tan olgandi.

Keyinchalik u bu ko‘rsatmasini o‘zgartirdi. Mazkur pulning oldi-berdisida ishtirok etgan J.E. esa haqiqatdan ham 33 ming dollar miqdoridagi pul ishlab chiqaruvchining vakili tomonidan unga berilgani va u bu pullarni boshlig‘i “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazganini aytgandi. Sudda 15-sentyabr kuni so‘roq qilingan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. unga berilgani aytilgan 33 ming dollar pulni rad etgandi.

Avvalroq “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK rahbari o‘rinbosari N.M. hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »