Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi. Bu haqda sudda guvohlardan biri aytib berdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. 

Foto: “Daryo”

Guvohning ma’lumot berishicha, u pul masalasida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK rahbari o‘rinbosari N.M. bilan muloqot qilgan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘ralgan 88 ming dollarning 50 ming dollari mansabdorning yordamchisi orqali ish boshidan olingan. Qolgan miqdori esa ish bitganidan keyin olinishi haqida kelishilgan. Biroq, “Dok-1 Maks” mashmashalari boshlanib qolgani bois, 11 ta dorini ro‘yxtadan o‘tkazish to‘xtab qolgan va va’da bajarilmagan. Olingan pul esa qaytarib berilgan.

Guvohning bildirishicha, u dorilarni qayta ro‘xatdan o‘tkazish uchun davlatga to‘lanishi lozim bo‘lgan har bir dori uchun 15 million so‘mdan — 165 million so‘m pulni ham to‘lagan.

“Dok-1 Maks” sudining avvalgi majlislarida aynan shu sirop ishlab chiqaruvchisi Kuraraks dori vositasini O‘zbekistonga olib kirish uchun 33 ming dollar pora bergani bildirilgandi. Sudda so‘roq qilingan Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. advokatlarning savoliga javob berar ekan, Marion Biotech PVT. Ltd korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishini to‘xtatish uchun J.E. ismli mas’ulga 33 ming dollar berganini tan olgandi.

Keyinchalik u bu ko‘rsatmasini o‘zgartirdi. Mazkur pulning oldi-berdisida ishtirok etgan J.E. esa haqiqatdan ham 33 ming dollar miqdoridagi pul ishlab chiqaruvchining vakili tomonidan unga berilgani va u bu pullarni boshlig‘i “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.ga yetkazganini aytgandi. Sudda 15-sentyabr kuni so‘roq qilingan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. unga berilgani aytilgan 33 ming dollar pulni rad etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »