Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Internetga 200 mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning maʼlumotlari tarqab ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Aytilishicha, 18-oktyabr sanasida turli axborot resurslari, shu jumladan, respublika hududida joylashgan tizimlarga tegishli bo‘lgan foydalanuvchilar maʼlumotlari eʼlon qilingani aniqlangan. Ularning aksariyati dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari xavfsizligiga kibertahdidlarni keltirib chiqarayotgani qayd etilgan. 

Biroq Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xabarlarni inkor etdi. Ta’kidlanishicha, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda OneID tizimi bo‘yicha tarqalgan xabar yuzasidan dastlabki tezkor o‘rganishlar o‘tkazilgan. Natijada OneID tizimiga hech qanday kiberhujum bo‘lmagani hamda tizim ishida nosozliklar aniqlanmagani ma’lum bo‘ldi. Muammo katta ehtimol bilan foydalanuvchilarning kompyuter qurilmalari virusli zararlangani oqibati bilan bog‘liqligi taxmin qilindi. Ayni paytda bunga qarshi tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »