Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Janubiy Koreyaning Saman va Korea Engineering Consultants Corp (KECC) kompaniyalari mutasaddilari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Uchrashuv chog‘ida uzoq muddatli bosh reja, boshqaruv yo‘riqnomalari, davlat xususiy sherikchilik asosida yo‘llarni ekspluatatsiya qilish va saqlash sifatini nazorat qilish standartlari hamda salohiyatni oshirish dasturlarini taqdim etish orqali O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchilik asosida quriladigan yo‘llar uchun huquqiy asos yaratish masalalari muhokama qilindi. Kutilayotgan natijalar davlat xususiy sherikchilik asosidagi yo‘llarni ekspluatatsiya qilish va saqlash bo‘yicha uzoq muddatli bosh rejani ishlab chiqish hisoblanadi.

Koreya Respublikasi vakillari bilan muloqotdan so‘ng, muzokalar konferensiya tarzida davom ettirildi. Unda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari, ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ham ishtirok etdi. Hamkorlarning taʼkidlashicha, davlat xususiy sherikchiligi asosida quriladigan yo‘llar mamlakat iqtisodiy o‘sishi, shuningdek, aholining sifatli yo‘ldan foyladalanishi va soha rivoji uchun birdek unumli.

Umumiy qiymati 1 million AQSH dollarni tashkil etgan grant loyihasi doirasida O‘zbekistondagi mavjud yo‘llar o‘rganiladi, yo‘llarni ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash, saqlash bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi. Davlat xususiy sherikchiligi asosida quriladigan yo‘llar doimiy nazoratda bo‘ladi va monitoring qilib boriladi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmini yaratish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »