Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’gi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Avvalroq Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Marokashga o‘tkazilgan yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishga oid bitimni imzolangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »