Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi komissiya shu kunlarda Rossiyaga tashrif buyurib, u yerda o‘qiyotgan va ishlayotgan migrantlar sharoitlari bilan tanishdi.

Prezident maslahatchisi Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uchun bog‘cha va maktablar ochishga yordam berishni so‘ragan.

“Govorit Moskva” radiostansiyasi bilan suhbatda rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytdi.

Rossiya davlat dumasi deputati Mixail Delyagin
Foto: “RIA Novosti”

“O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Rossiya konstitutsiyasi haqida hech narsa eshitmagan bo‘lsa kerak, bu qonunda odamlarni millatiga ko‘ra kamsitish taqiqlangan. Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq. Taxminan, xuddi tojik diasporasi janoblari faqat tojiklarga xizmat ko‘rsatadigan tojik tibbiyot markazlari ochilishi haqida gapirganda nimani nazarda tutgan bo‘lsa, bu ham xuddi shunday.

Bu Rossiyani ichidan yemirib, keyin esa yo‘q qilish bo‘yicha ataylab olib boriladigan siyosat. Bunda avvaliga begona bo‘lgan, keyin esa dushman kayfiyatidagi anklavlarni yaratishga harakat qilinadi.

Menimcha, O‘zbekiston, albatta, bolalar bog‘chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o‘z hududida. Va Rossiyaga siqib chiqargan fuqarolarini qaytarib vataniga olib ketishi kerak. Chunki, aytaylik, Tojikiston aholisining uchdan biridan ko‘prog‘i Rossiyada yashaydi. Bu holat Tojikiston uchun ham, Rossiya uchun ham mutlaqo normal emas”, — dedi Delyagin.

2022-yilda Mixail Delyagin federal telekanallardan birida Ozarbayjondan Rossiyaga tahdidlar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, bu davlatning neft sanoatiga yadroviy zarba berishni taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu bayonot “hech qanday holatda Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasiga mos kelmasligini” aytib o‘tgan, Ozarbayjon esa mazkur deputatni xalqaro qidiruvga bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »