Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirmagan, inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmagan o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan 8 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi va bitta mehmonxona qurilishi to‘xtatildi. Bu haqda “Daryo”ga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Sarvar Bobonazarov xabar berdi. 

Fuqaro I.Hasanov tomonidan qurilayotgan bino.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati 

Mazkur holatlar viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan aniqlangan.

“Stroy dom siyob” MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati 
Navbatdagi monitoring davomida Samarqand shahrida shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan qurilishlar aniqlandi. Jumladan Samarqand shahar Ilg‘or ko‘chasi 25-manzildagi “Riviyera Invest XXX” MCHJ tomonidan qurilayotgan turar-joy binolarining qurilishlari hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Ushbu qurilish o‘zboshimchalik bilan olib borilayotganligi sababli inspeksiya tomonidan joriy yilning mart, may oylarida ogohlantirish xatlari berilib, shu yilning 27-iyulida qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan. Biroq shunga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirganligi sababli “Riviyera invest XXX” MCHJ rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, — deydi Sarvar Bobonazarov. 
“Prestige light house” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosi.
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati 

Mas’ulning bildirishicha, ishchi guruh tomonidan qurilish ishlarining sifati ham o‘rganilganda quruvchi qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlangan. 

Xususan, ora yopma temir beton plitalar montaj qilinganda oraliq masofasi loyihada 14 sm qoldirilishi ko‘rsatilgan, biroq joyida 5 sm masofa qoldirilgan. Perimichkalar loyihada ko‘rsatilgan talablar asosida bajarilmagan va korroziyaga ya’ni zanglashga qarshi bo‘yalmagan. Qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil qilinmagan. Natijada armaturalar koroziyaga uchramoqda ya’ni zanglashni boshlagan. Pardadevorlarda terilgan gazabloklarning vertikal va gorizontal choklari qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagan, armaturalangan antiseysmik kamarlar ishchi loyiha asosida bajarilmagan. Shuningdek, obyektga olib kelingan plitalarning sifati o‘rganilganda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanib, sifatiz plitalar zavodga qaytarib yuborildi, — deydi mas’ul.  
Fuqaro O‘.Abdullayev tomonidan qurilayotgan mehmonxona.
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati 

Qo‘shimcha qilinishicha, yuqoridagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan 8 ta turar-joy, 1 ta  mehmonxona va 1 ta binoni qurayotgan fuqaro va tadbirkorlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirish, inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tishi tushuntirilgan. Va inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »