Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi miting o‘tkazdi. Uning fikricha, Isroil armiyasi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatib, G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyadan voz kechishi kerak.

“Bugun biz Falastin va G‘azo sektori bilan birdamlik uchun namoyishni boshladik. Butun dunyo zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, falastinliklar va jabrlangan barcha tinch aholiga adolat va erkinlik berishga chaqirishi kerak”, — deb yozdi Greta Tunberg Instagram sahifasida.
Foto: Greta Tunberg / Instagram 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosiga imkon qadar tezroq tinch yo‘l bilan yechim topish zarur. Shuningdek, u o‘zi va boshqa namoyishchilar Falastin davlati va G‘azo sektori aholisini qo‘llab-quvvatlovchi bannerlar ushlab turgan suratini joyladi.

Isroilning HAMAS bilan urushi 7-oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil 1,4 ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi, Falastin esa qurbonlar sonini 3,7 ming kishi deb hisoblaydi.

Kecha, 19-oktyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azoda keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya yaqinda boshlanishini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »