Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichi (estakada)dagi kameralar jarima sola boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan airports axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportidagi estakadada ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan ortiqcha turgan haydovchilar jarimaga tortiladi. Yo‘l o‘tkazgichga o‘rnatilgan yo‘l kameralari endilikda YHXB tizimlari bilan integratsiyalashgan.

2021-yil iyul oyidan boshlab Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichiga kirish yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun ochilib, muayyan qoidalar o‘rnatildi. Xususan, turli toifadagi transportlar uchun – yengil avtomobillar uchun – 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun – 10 daqiqagacha to‘xtab turish vaqti belgilandi. Yo‘l o‘tkazgichning o‘ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to‘xtash taqiqlanadi. Yurish qoidalariga rioya qilish va yo‘l o‘tkazgichda harakatni tartibga solish aeroport xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan edi.

2023-yil 1-noyabrdan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Xususan, to‘xtash vaqtidan oshib ketganda (to‘xtab turish taqiqlanadi) va sariq chiziqda to‘xtab turish uchun haydovchilarga jarimalar avtomatik tarzda belgilanadi.

Yo‘l o‘tkazgichda bir vaqtning o‘zida 30 tagacha avtomobil yoki sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda 17 tagacha avtomobil bo‘lishi mumkin. Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo‘nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »