Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS harakati garovda bo‘lgan ikki nafar AQSH fuqarosini Qatar vositachiligida ozod qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Al Jazeera

Tashkilot bayonotida aytilishicha, ona va qiz garovdan gumanitar sabablarga ko‘ra, “Amerika xalqi va butun dunyoga AQSH prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati bayonotlari yolg‘on ekanini isbotlash uchun” ozod qilingan.

Isroil rasmiylari garovdagi ayollar ozod etilganini tasdiqlagan. Onaning ismi Yyexudit Raanan, uning qizi Natali ekani aytilmoqda. Ular 7-oktyabr kuni Naxal Oz qishlog‘ida garovga olingan. Ozod qilinganlar Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi qaramog‘iga o‘tkazilgan.

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 7-oktyabr kuni HAMAS vakillari Isroilga hujum chog‘ida 200 dan ortiq odamni garovga olgan. HAMAS 200-250 kishini ushlab turilganini aytmoqda.

Avvalroq HAMAS harakati Isroil o‘t ochishni to‘xtatadigan bo‘lsa, garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga tayyor ekanligini bildirgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »