Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS tomonidan G‘azo sektorida garovga olinganlar soni 210 nafarga yetdi va bu haqda ularning oila a’zolari allaqachon xabardor qilingan. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlarining kundalik hisobotida ma’lum qilindi.

Shuningdek, Isroil vakili Daniel Xagariy brifingda halok bo‘lgan isroillik harbiylar soni 307 nafarga yetganini ham ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Isroilning Falastinning HAMAS harakati bilan urushi 7-oktyabrdan beri davom etmoqda. Kecha, 20-oktabr kuni HAMAS ikki nafar garovga olinganlarni – AQSH fuqarolari Judit va Natali Raananlarni ozod qildi.

Bloomberg manbalarining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Isroilni “hech bo‘lmaganda bir necha tinch aholini” ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan muzokaralarga vaqt ajratish uchun G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyani kechiktirishga chaqirgan. The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, AQSH, Isroil va Qatar o‘rtasida HAMAS bilan garovga olingan 50 kishi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »