Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida pul evaziga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.K. va D.K. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.R.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro Perinatal markaziga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar tibbiyot reabilitatsiya markazida bo‘lim bo‘lim boshlig‘i G.X. fuqaro A.A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 ming dollari evaziga Nukus shahridagi oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 22 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy ishga kiritish holatlari

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming AQSH dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2 000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida pul evaziga ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »