Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov rossiyalik deputat Mixail Delyaginning O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan olib ketish borasidagi chaqirig‘iga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi komissiya shu kunlarda Rossiyaga tashrif buyurib, u yerda o‘qiyotgan va ishlayotgan migrantlar sharoitlari bilan tanishdi. Prezident maslahatchisi Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uchun bog‘cha va maktablar ochishga yordam berishni so‘ragan.

“Govorit Moskva” radiostansiyasi bilan suhbatda rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytdi. Bu Rossiya konstitutsiyasiga zid bo‘lib, diskriminatsiyaga sabab bo‘lar ekan. Qolaversa, rus deputati O‘zbekistonga qarata jiddiy ayblovlarni ilgari surgan. Uning fikricha, bu harakatlar Rossiya ichkarisida ruslar uchun begona va dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan ongli siyosatdir.

Shu bilan birga, u O‘zbekiston Rossiyaga “siqib chiqargan” o‘z fuqarolarini qaytarishi lozimligini bildirgan.

“Birinchidan, har qanday mamlakat o‘z fuqarolari to‘g‘risida qayg‘urgan holda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishi normal holdir. Ushbu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish so‘zsiz Rossiya qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, Rossiyada mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, tabiiyki, halol mehnatlari evaziga o‘z oilalarini moddiy taʼminlamoqdalar, Rossiya ularni tekinga boqmayapti. Bu borada ularning aksariyati yoshlarni tashkil etgan holda o‘zlarining ayni kuchga to‘lgan davrlarida Rossiya iqtisodi uchun xizmat qilmoqdalar.

Uchinchidan, rus deputatining ittifoqchi mamlakatga nisbatan bu kabi o‘ta og‘ir ayblovlarni ilgari surishi Rossiya bilan munosabatlarda hattoki eng yaqin hamkorlarini ham hushyorlikka daʼvat etadi.

To‘rtinchidan, o‘rtoq Delyagin Mixail, agar siz aytgandek, Rossiya Federatsiyasi kabi katta mamlakatni mehnat migrantlari “parchalay” olsa, oldingizda davlatchilikni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa muhimroq vazifalar turibdi.

Mixail, bizda erkin OAV bor, Duma deputatlari aytayotgan fikrlar O‘zbekiston jamoatchiligiga yetib boradi va shubhasiz mamlakatingizga nisbatan salbiy fikrni shakllantiradi. Davom eting”, — deydi Bekmurodov.

Avvalroq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov holatga munosabat bildirib, Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat Delyagincha bo‘lsa, O‘zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »