Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning oktyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatgan. Shunday qilib, oq karam narxi 61,5 foiz, olma narxi 15,4 foiz, sariq piyoz narxi 10,3 foiz, makaron narxi 4,7 foiz, mol go‘shti (file) narxi 4,6 foiz, o‘simlik moyi narxi 3,1 foiz, limon narxi 1,6 foiz, bodring narxi 1,3 foiz pasaygan.

Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Guruch, shakar va margarinning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. 10 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Uning eng past narxi 5950 so‘mdan 9990 so‘mga ko‘tarilgan. Banan va sut narxi ham sezilarli darajada oshgan: ularning narxi mos ravishda 3000 so‘mga va 2110 so‘mga oshgan.

Iyul oyida Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida mintaqada suv tanqisligi muammosi jiddiy tus olayotgani sabab meva va sabzavotlar narxi yuqori tebranishi mumkinligi aytilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »