Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan yana bir mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro R.E.I.ga tegishli, umumiy iste’mol quvvati 840,4 kVt ni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVt ga teng ikkita transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 milliard 415 million 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Navoiy viloyatida iyun oyida 9,6 milliard so‘mlik, iyul oyida esa salkam 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »