Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BAAning Abu-Dabi shahrida 21-oktyabr, shanba kuni  UFC 294 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

UFC 294 kechasining ikkinchi asosiy jangi Hamzat Chimayev (13-0) va Kamaru Usmon (20-4) o‘rtasida kechdi. Birinchi raundda Chimayev ustunlik ko‘rsatdi. Kamaru esa munosib himoyalandi. 

Ikkinchi raundda esa jangchilar “stoyka”da harakatlandi va unda Usmon faollik ko‘rsatdi. Uchinchi raundda esa Chimayev ham Kamaru ham ochiq jangga kirishdi. Raund o‘rtasida esa Chimayev raqibini parterga oldi. Kamaru esa bundan chiqib keta oldi. 

Uch raund natijalariga ko‘ra, Hamzat Chimayev hakamlar qaroriga ko‘ra (29-27, 29-27, 28-28) g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, UFC oqshomining asosiy jangi Islom Maxachev hamda Aleks Volkanovski o‘rtasida kechadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »