Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Argentinada prezidentlik saylovlaridan keyin sanab chiqilgan byulletenlarning 76 foizi natijalariga ko‘ra, hukmron Argentina koalitsiyasidan nomzod, iqtisodiyot vaziri Serxio Massa 35,8 foiz ovoz oldi; unga eng yaqin raqib, deputat Xaver Miley esa 30,5 foiz. Bu haqda Buenos Aires Times xabar berdi.

Xaver Miley
Foto: Getty Images

Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodlar mutlaq 45 foiz yoki eng yaqin raqibi bilan o‘n foizdan ortiq farqda kamida 40 foiz ovoz olishi kerak edi. Ikkinchi tur 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bloomberg ta’kidlashicha, ikkinchi tur ssenariysi qutblanishdan qo‘rqqan investorlar uchun eng nomaqbul bo‘lib turibdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Argentinada saylov natijalari chiqqunicha yana bir oy beqarorlik kutilmoqda.

Ovoz berish 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun majburiydir. Unda saylovchilarning 74 foizi ishtirok etgan.

Miley o‘ta o‘ng pozitsiyani egallab keladi, u abort va maktablarda jinsiy ta’limga qarshi. U o‘zini anarxo-kapitalist va o‘ta liberal iqtisodchi deb ataydi, mamlakat siyosiy tuzumiga qarshi turish niyatini e’lon qilgan, o‘nta vazirlikni tugatish hamda Argentina Markaziy bankini yopish bilan tahdid qilgan. Miley Argentinani dollarga o‘tkazishga va’da bergan.

New York Times uni “mini-Tramp” deb atagan, Bloomberg ham uning AQSH sobiq prezidentiga o‘xshashligi haqida yozgan. Miley Trampni “AQSh tarixidagi eng yaxshi prezidentlardan biri” deb atagan, o‘zi esa MAGA shiori – “Amerikani yana buyuk qilish” yozuvli kepka kiyib olgan.

Mileyning mashhurligi Argentinaning og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklariga asoslanadi. Mamlakat so‘nggi o‘n yil ichida oltinchi marta retsessiyani boshdan kechirmoqda, inflyatsiya esa mamlakat giperinflyatsiyadan chiqqan 1990-yillardan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »