Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi, ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikatining muddati o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi dorixonalarda sotilishiga ruxsat berilgan. Aynan o‘sha davrda siropning tarkibida zaharli moddasi bo‘lgan 39 600 ta flakoni mamlakatga olib kirilgan. Bu haqda “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan sudning 23-oktyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan majlisida xabar berildi. 

Foto: “Daryo”

Sudda guvohlik qilganlardan birining sudya savoliga javob berishicha, “Dok-1 Maks” siropi ishlab chiqaruvchisi Marion Biotech PVT. Ltd korxonasi siropni O‘zbekistonda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga hujjatlarini taqdim qilgan.

Hujjatlardagi GMP sertifikatining muddati tugayotgan bo‘lgan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davomida salkam ikki oy davomida GMP sertifikatsiz bo‘lgan. Bu paytda esa O‘zbekistondagi dorixonalarda “Dok-1 Maks” siropi sotilishda davom etgan. Aynan shu muddat ichida Hindistondan O‘zbekistonga 39 600 flakon tarkibida zaharli modda bo‘lgan sirop olib kirilgan. 

Mazkur holatni ochiqlagan sudya guvohga hujjatlarda kamchilik bo‘lgan bo‘lsa, nega bunday holat yuzaga kelgan deya savol berdi. Guvoh bu holatga u javobgar emasligini bildirgach, sudya Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari S.K.ga yuzlanib, vaziyatga izoh so‘radi. 

“Dok-1 Maks”ning 39 600 flakoni ishlab chiqaruvchi Marion Biotech PVT. Ltd korxonasining GMP sertifikati bor paytda ishlab chiqarilgani uchun sertifikati muddati tugagan paytda ham O‘zbekistonga olib kirilishiga hamda dorixonalarda sotilishiga ruxsat berilgan, — deya holatga izoh berdi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari S.K.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »