Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oqmo‘la viloyati Zerendinskiy tuman sudi qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Bo‘ranbayevning qamoq muddatini ozodlikni cheklash bilan almashtirdi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “Vlast.kz” xabar berdi.

Foto: “Ia.centr.ru”

Sud jazoni almashtirishda tadbirkor jazo muddatining uchdan bir qismini o‘tab bo‘lgani, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagani va qilmishiga pushaymon bo‘lganini hisobga olgan. Bundan tashqari, tadbirkor jazo o‘tagan joyidan ijobiy tavsif olgan. InformBURO xabariga ko‘ra, muassasa maʼmuriyati tegishli hujjatlarni taqdim etib, tadbirkorning iltimosini qo‘llab-quvvatlagan.

Sudning tushuntirishicha, Bo‘ranboyev nazorat ostida bo‘ladi.

Qayrat Bo‘ranbayev Qozog‘istonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatorida turardi. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan — 2020-yil avgust oyida Oysulton vafot etdi. Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati 2022-yil 17-mart kuni Bo‘ranbayev hibsga olingani haqida ma’lum qildi. Tadbirkor katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan.

Joriy yilning mart oyida Ostona shahrining 2-Sariarkin tumani sudi Bo‘ranboyev va yana ikki kishini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ularning barchasi gazni milliy kompaniyaga qayta sotish vaqtida 14,5 milliard tenge o‘marishda aybdor deb topildi.

Avgust oyida Bo‘ranboyev o‘z aybiga iqror bo‘lib, tergov bilan kelishuvga erishgan, shundan so‘ng sud uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Sentyabr oyida Moliyaviy monitoring agentligi Bo‘ranboyev ixtiyoriy ravishda 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq mol-mulkni davlatga qaytarib bergani haqida xabar berdi. Ular orasida neft koni, gaz taqsimlash korxonasi, xizmat ko‘rsatish korxonasi, mehmonxona va savdo-ko‘ngilochar majmualari, fitnes markazlari tarmog‘i, ofis binolari va boshqalar bor edi. Shu bilan birga tadbirkor Ta’lim infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 30 milliard tenge (66 million dollar) o‘tkazdi.

Shuningdek, Bo‘ranboyev pul o‘g‘irlanishi bo‘yicha tergov doirasida 14,5 milliard tenge (30,3 million dollar)ni ham qoplagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »